Close
Skip to main content


E'LON


2027-yil qabulida: imtihonmi, suhbatmi yoki taqdimot?

2027-yilda oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul 15-sentabrdan 15-oktabrgacha davom etadi. Hujjatlar daraja.ilmiy.uz va my.gov.uz orqali topshiriladi.

Ustuvor ilmiy ixtisosliklarda:
Tayanch doktorantura va doktoranturaga kirishda imtihon o‘rniga ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti o‘tkaziladi. Taqdimot talablarini har bir oliy ta’lim yoki ilmiy tashkilot mustaqil belgilaydi.

Ustuvor bo‘lmagan ixtisosliklarda:
— tayanch doktoranturaga — mutaxassislik fanidan imtihon;
— stajyor-tadqiqotchilik va doktoranturaga — ixtisoslik bo‘yicha suhbat.

Tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha milliy sertifikatga ega talabgorni mutaxassislik fanidan imtihondan ozod qilish va unga maksimal ball berish tartibi bekor qilinadi.

Demak, 2027-yil qabuliga tayyorlanishda eng avvalo ixtisosligingiz ustuvor yo'nalishga kiradimi yoki yo‘qmi, shuni aniqlab oling. Qabul shakli ham aynan shunga bog‘liq.