Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



Urganch davlat universiteti kengashining 10-majlisi bo‘lib o‘tdi


2022-yil 26-may sanasida Urganch davlat universiteti Kengashining 10-majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengash universitet rektori Baxrom Abdullayev raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.

Kengash yigʻilishi avvalida rektor B.Abdullayev 16-25 may kunlari Jismoniy madaniyat fakultetida seminar mashgʻulotlarini olib borgan Porto universiteti professori Paula Rodriguesga minnatdorchilik ramzi sifatida Tashakkurnoma va esdalik sovgʻalarini topshirib, kelgusida Porto universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash istagini bildirdi.

Shuningdek, universitetning uch nafar professor-oʻqituvchilari, jumladan, Q.Ahmedov, F.Rajabova hamda Ch.Sobirovalarga Dotsentlik diplomlari“Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika koʻrik-tanlovi gʻolibi boʻlgan 5 nafar talabalarimizga Sertifikat va ramziy nishon, ustozlariga Tashakkurnoma, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish yoʻnalishi yuzasidan oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmoli boʻyicha maqola va takliflari bilan faol qatnashgan Tabiiy fanlar fakulteti 192-biologiya guruhi talabasi M.Rajabovaga Tashakkurnoma va esdalik sovgaʻsi topshirildi.

Shundan so‘ng, Kengash yig‘ilishi kun tartibidagi turli xil masalalar bilan o‘z ishini davom ettirdi.

urdu.uz, Urganch davlat universiteti kengashining 10-majlisi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, Urganch davlat universiteti kengashining 10-majlisi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, Urganch davlat universiteti kengashining 10-majlisi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, Urganch davlat universiteti kengashining 10-majlisi bo‘lib o‘tdi

Поделиться