Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



Rasmiy munosabat


Urganch shahar 2-son litseyi telefon raqamlariga bog‘lanish bo‘yicha murojaat bildirilgani munosabati bilan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Murojaatda tilga olingan holat yuzasidan fuqaro bilan darhol bog‘lanilib, uning muammosi shu paytning o‘zida ijobiy hal etildi. Mazkur shaxs aloqa raqamini Google Maps orqali izlagani aniqlandi. Shuni alohida qayd etamizki, Google Maps yoki boshqa turdagi ochiq manbalarda joylashtirilgan ma’lumotlar litseyimiz tomonidan yuritilmaydi va nazorat qilinmaydi.

Fuqarolardan ishonchli va rasmiy ma’lumotlarni olish uchun litseyning rasmiy veb-sayti hamda belgilangan aloqa vositalaridan foydalanishlarini qat’iy tavsiya etamiz.

Litsey ma’muriyati fuqarolar bilan ochiq muloqot va samarali hamkorlikka doimo tayyor.

Поделиться