Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



Adliya vakillari va talaba-yoshlar uchrashuvi: yuridik ta’lim istiqbollari


12-sentabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi doirasida yuridik ta’lim va huquqshunoslik kasbining nufuzini oshirish, yoshlarni ushbu soha bo‘yicha chuqur bilim olishga rag‘batlantirish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda Yurisprudensiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba-yoshlarga universitetning birinchi prorektori Dilshod Ibadullayev hamda mehmonlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev, Adliya vazirligining Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i Jamshidxon Nuritdinov, Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i Nodir Jumaniyozovlar tomonidan yuridik ta’limning dolzarb masalalari, magistratura, doktorantura va ilmiy tadqiqotlarning sohadagi imkoniyatlari, adliya organlariga ishga qabul tartibi, talabalar uchun belgilangan imtiyoz va huquqlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va mutasaddilardan tegishli javoblar olishdi.

Ushbu tadbir yoshlarning huquqshunoslik kasbiga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish, sohaga bo‘lgan hurmat va ishonchni mustahkamlash, shuningdek, yuridik kadrlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

Поделиться