Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет

“Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi

Bugun, 2022-yil 25-fevral kuni Urganch davlat universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi hamkorligida  “Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Anjumanda UrDU Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori Sanjar Davletov soʻzga chiqib, oliy ta’lim muassasalari, xusasan, Urganch davlat universitetida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirishda amalga oshirilayotgan ishlar, galdagi rejalar, vazifalar haqida atroflicha axborot berdi.

Shuningdek, Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasida ham davlatimiz rahbari tomonidan maktablar, oliy ta’lim dargohlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar belgilab berilganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yilning 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi  qarorining mohiyati va unda yoshlar bilan ishlashning belgilab berilgan yoʻnalishlari asosida UrDUda ham aniq reja va dasturlar ishlab chiqilganligi alohida qayd etilib,  ma’naviy-ma’rifiy ishlar davlatimiz siyosatida yanada yuksak o‘ringa ko‘tarilganligi  taʼkidlandi.
Matbuot anjumani ochiq muloqot tarzida o‘tib, ishtirokchilarning taklif va tashabbuslari tinglandi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

urdu.uz, “Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi

Поделиться