Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



Baxtim shul: Oʻzbekning Zulfiyasiman!


O‘zbek adabiyotida o'zining o‘chmas izini qoldirgan shoira Zulfiya tavalludiga ham mana 107 yil bo‘ldi. Shu o'tgan davr mobaynida bugun hayot bo‘lmasa-da qanchadan qancha o‘zbek xotin-qizlarini ijod yo'lidan ergashtirib kelayotgan shoirani qancha eslasak, qancha e'zozlasak kam. Shu munosabat bilan bugun shoira ijodiga bagʻishlab, UrDU Iqtisodiyot fakulteti talaba-qizlari  oʻrtasida "Balli qizlar" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.  

Tadbirni UrDU rektori B.Abdullayev kirish soʻzi bilan ochib berib,  yigʻilganlarni bahor ayyomi, 8-mart  “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan samimiy qutladi va barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Shuningdek, Iqtisodiyot fakulteti dekani I.Abdullayev ham soʻzga chiqib, koʻrik-tanlov ishiga rivoj tiladi. 

Tanlovda 16 nafar talaba-qizlar badiiy maydonda oʻzaro baxsga kirdilar. Tanlov 4 ta shart asosida oʻtkazilib, unda talaba-qizlar bor mahorat va isteʼdodlarini namoyon etdilar. Qizlar Zulfiyaxonim sheʼrlaridan namunalar aytdilar, hayoti va ijodi asosida sahna ko‘rinishlari taqdim etdilar. Bu esa tomoshabinlarga ishtirokchilar tomonidan ko'tarinki kayfiyat ulashdi.  
Tanlov yakunida barcha ishtirokchilar tegishli nominatsiyalar asosida taqdirlandi.

urdu.uz, Baxtim shul: Oʻzbekning Zulfiyasiman!

urdu.uz, Baxtim shul: Oʻzbekning Zulfiyasiman!

urdu.uz, Baxtim shul: Oʻzbekning Zulfiyasiman!

Поделиться