Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



2020 yil 19 avgust kuni viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan “Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekiston!” mavzusida onlayn tadbir bo‘lib o‘tdi


2020 yil 19 avgust kuni viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan “Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekiston!” mavzusida onlayn tadbir bo‘lib o‘tdi.  Tadbirni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov Mirzajonovich ochib berdi. Shundan so‘ng, O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori, O‘zbekiston xalq artisti, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi  Yodgor Sa’diev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari Abdirimov Bekzod Muratbaevich,O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, shoir Nodir Jonuzoq,  Qoraqalpog‘iston xalq artisti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jenisbek Piyazov, To‘maris siymosi, O‘zbekiston xalq artisti Gulora Raximova, Jaloliddin Manguberdi siymosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Komiljon Tojiboev, O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori, O‘zbekiston xalq artisti, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi  Gavhar Zokirova, Falsafa fanlari doktori, professor, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Jamila Shermuxammedovalarning mavzu yuzasidan ma’ruzalari tinglandi. Tadbir davomida musiqiy chiqishlar bo‘lib, O‘zbekiston xalq baxshisi Yetmishboy Abdullaev hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist  Azim Mullaxonovlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbirda  Urganch davlat universitetining professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Поделиться