Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



Tashkenbayev Ulug`bek Negmatovich UrDU talabalari bilan uchrashdi.


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig`i Tashkenbayev Ulug`bek Negmatovich 2021-yil  30-yanvar kuni Urganch davlat universitetining iqtidorli, ijodkor va faol jamoatchi talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuvda universitet rektori B.Abdullayev, O`quv ishlari bo`yicha prorektor S.Xodjaniyozov, Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor S.Davletovlar ishtirok etdi. 

Ochiq muloqot ruhida o`tgan ushbu uchrashuvda Tashkenbayev Ulug`bek Negmatovich talabalarga bugungi kunda davlatimiz rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan ta`lim tizimidagi islohotlar, yoshlarga bo`lgan e`tibor, ularni chuqur bilim olishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar, Vatan ravnaqida o`z hissalarini qo`shishlari uchun yaxshi o`qishlari lozimligini ta`kidladi.  

Shuningdek, oliy ta`limda maktab, mahalla, ota-onalar hamkorligini yo`lga qo`yish, ta`lim sifatini tubdan oshirish, maktablarda iqtidorli o`quvchilar guruhlarini shakllantirish hamda u yerdagi muammoli masalalarni oliy ta`lim bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik ishlariga bog`lash kerakligi haqida ham takliflar berdi. O`z o`rnida talabalarning fikrlari va g`oyalarini ham tingladi. 

Поделиться