Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



Senator va yoshlar uchrashuvi


2021-yilning 8-oktabr kuni Urganch davlat universitetining  Madaniyat saroyida “Senator va yoshlar” mavzusida uchrashuv bo`lib o`tdi.  

Uchrashuvni universitet O`quv ishlari bo`yicha prorektor Sardor Xodjaniyozov  kirish so’zi bilan ochdi va tadbirning maqsad - vazifalari haqida gapirdi.
Uchrashuvda O`zbekiston Respublikasi Senatining  Agrar, suv xo`jaligi va ekologiya masalalari bo`yicha qo`mita raisi Bahodir Tajiyev hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O`zbekiston liberal demokratik partiyasi Xorazm viloyat bo`linmasi rahbari  Shuhrat Atajonovlar ishtirok etib, ayni kunlarda respublikamiz miqyosida o`tkazilishi rejalashtirilgan muhim siyosiy jarayon -  O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi haqida,  nomzodlarning saylovoldi dasturlari, partiyalar faoliyati hamda  senatorlar olib borayotgan ishlar xususida atroflicha ma`ruza qilib, talabalarni saylov jarayonlarida faollikka chaqirdilar.
Shundan so`ng,  talaba-yoshlar senatorga o`zlarini qiziqtirgan savollari bilan yuzlanib, tegishli javoblar oldilar.

urdu.uz, Senator va yoshlar uchrashuvi

urdu.uz, Senator va yoshlar uchrashuvi

urdu.uz, Senator va yoshlar uchrashuvi

Поделиться