Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



Xorazm viloyati oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokidagi saylov jarayonlari targ‘ibotiga bag‘ishlangan forum start oldi


2021-yil 9-oktabr:  Xorazm viloyatidagi uch OTM:  Urganch davlat universiteti, TTA Urganch filiali hamda Al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali talaba-yoshlari ishtirokidagi saylov jarayonlari targ‘ibotiga bag‘ishlangan forum start oldi.

Forumni UrDU Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Sanjar Davletov ochib berib, mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovida har bir inson o‘z fuqarolik pozitsiyasini namoyish qilgan holda faol ishtirok etishi lozimligi, yoshlarimizning siyosiy bilimi, huquqiy madaniyatini oshirish, saylov qonunchiligiga doir o‘zgarishlar haqida gapirdi. Shuningdek, forum doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar bilan tanishtirib, faol ishtirok etishga chaqirdi va forum ishiga omad tiladi.

Forumga Urganch davlat universiteti mezbonlik qilmoqda.

Поделиться