Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



Urganch davlat universitetida ikkinchi va undan keyingi ta’lim bo‘yicha hujjat topshirgan abituriyentlar bilan suhbat o‘tkazish jarayonlari start oldi


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi  “O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta'limni olish tartibi to'g'risida”gi qarori hamda mazkur qaror ijrosi bo‘yicha  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil  28-sentabrdagi 409-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida bugun, 2021-yilning 14-oktabr sanasidan boshlab Urganch davlat universitetiga ikkinchi va undan keyingi ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar bilan suhbat o‘tkazish jarayonlari boshlandi.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim olish uchun hujjat topshirgan abituriyentlarni suhbat asosida talabalikka qabul qilishda ta’lim yo‘nalishlari suhbat komissiyalari raislari va a’zolari ishtirokida amalga oshirilmoqda.
Bugun UrDU rektori, qabul komissiyasi raisi Baxrom Abdullayev hamda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, qabul komissiyasi raisi muovini S.Xodjaniyozovlar Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) hamda  Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha) yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar bilan suhbat o‘tkazdilar. 
Suhbatlarni belgilangan talablarga mos o‘tkazilishi hamda  shaffoflikni ta’minlash maqsadida barcha tashkiliy choralar ko‘rilgan. 
Eslatib o‘tamiz, Urganch davlat universitetiga ikkinchi va undan keyingi ta’lim bo‘yicha hujjat topshirgan abituriyentlar bilan suhbat o‘tkazish jarayonlari joriy yilning 16-oktabriga qadar o‘tkaziladi. 

urdu.uz, Urganch davlat universitetida ikkinchi va undan keyingi ta’lim bo‘yicha hujjat topshirgan abituriyentlar bilan suhbat o‘tkazish jarayonlari start oldi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida ikkinchi va undan keyingi ta’lim bo‘yicha hujjat topshirgan abituriyentlar bilan suhbat o‘tkazish jarayonlari start oldi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida ikkinchi va undan keyingi ta’lim bo‘yicha hujjat topshirgan abituriyentlar bilan suhbat o‘tkazish jarayonlari start oldi

Поделиться