Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



Maktab va oliy ta’lim xamkorligi amalda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan ilgari surilgan xalq ta’limi va oliy ta’lim integratsiyasini amalga oshirish maqsadida Urganch davlat universiteti rektori va prorektorlari boshchiligida o‘zaro xamkorlik aloqalarini o‘rnatish, joylarda maktablar faoliyatni takomilashtirish va xalq ta’limi tizimidagi o‘qituvchilarga amaliy yordamlar ko‘rsatish maqsadida 2019 yil 18 noyabr kuni Xorazm viloyati Yangibozor tumanida maxorat darslari o‘tkazildi. Unda xar xaftada bir kun Yangibozor tumanidagi 33 ta umumta’lim maktablarida universitet kunlari qilib belgilandi. Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi o‘quv-tarbiya jarayonlari sifatini oshirish, maktablarga metodik yordam berish nuqtai nazaridan biriktirish asosida maktab-oliy ta’lim muassasasi hamkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadida fanlar bo‘yicha maktab jamoalari uchun maxorat darslarini o‘tkazish kelishib olindi. 

 

Поделиться