Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori S.Yusupova so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirining 2019 yil 28 avgust № 15-sonli majlis bayonining 2-ilovasiga muvofiq ijrosini ta’minlash to‘g‘risida maktablar faoliyatini takomillashtirish va o‘qituvchilarga amaliy yordam ko‘rsatish uchun Urganch shahar 4-son umumiy o‘rta-ta’lim maktabida Biologiya kafedrasi dotsenti Matyakubova Yulduzxon “Biologiya fanining o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarning joriy etilishi, mantiqiy tafakkurni rivojlantiruvchi masala va mashqlardan foydalanish ” mavzusida mahorat darsi o‘tkazganligi to‘g‘risida aytib o'tdi.
So‘zga maktab o‘kuv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Z.Tojibaeva chiqib, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Qadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Davlat Ta’lim Standartlari va biologiya darslarida ko‘rsatilgan talablar asosida maktabda ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish muammolariga qaratilgan xaqida fikr yuritdi.
Maxorat darsida dots.Matyakubova Yu. uumumiy o‘rta ta’lim maktablari oldiga qo‘yilgan vazifalarga muvofiq ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya jarayonining samadorligini oshirishi, ilm-fanning so‘nggi yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan barkamol shaxsni kamolga etkazishi, ularning ongiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish kabi qator vazifalarni amalga oshirishi lozimligi haqida fikrlarni bildirdi.
Biologiya ta’limi jarayonida mantiqiy tafakkurni rivojlantiruvchi masala va mashqlar o‘quvchilar bilim tizimlari va aqliy hamda amaliy faoliyatlarida samarali o‘zlashtirishga yordam beradi, o‘zlashtirgan yangi bilimlaridan kelajakdagi vaziyatlarda unumli foydalana olishni, ta’lim muammolarini echa bilish, mustaqil izlanishga o‘rgatish, ijodiy tajribaga ega bo‘lish va uni rivojlantirish, ta’lim jarayonining vazifalarini tahlil qilish, muammoli ta’limni aniqlash imkoniyatlarini ochib beradi.
Ta’lim jarayonida samaradorlikga erishish, o‘tilayotgan mavzuning qiziqarliroq qilib o‘zlashtirilishida biologiyadan masalalar echishning ham ahamiyati katta. Darsda masalalar echish jarayonida o‘quvchi mavzu mazmuniga chuqurroq kiradi. Mavzu va masalada berilgan topshiriq yuzasidan mulohaza yuritadi. Ma’lumki har qanday yangi mavzuda yangi qonuniyatlar, atamalar, muhim tushunchalar, xotirada qoldirilishi zarur raqamli ma’lumotlar bo‘ladi. Masala echish jarayonida esa bularga takror va takror murojaat qilinadi. Natijada bu tushunchalar o‘z o‘zidan o‘quvchi xotirasida muhrlanib qoladi. Eng muhimi bu jarayon qiziqarli o‘tadi. Ta’lim qiziqarli bo‘lgandagina, uning samarasi yuqori bo‘ladi.
O‘qituvchi ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etadi, boshqaradi, nazorat qiladi, baholaydi va o‘qitishdan ko‘zda tutilgan ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni amalga oshirish orqali shaxsning har tomonlama rivojlanishiga zamin yaratadi.
Yig‘ilish davomida bu masala yuzasidan maktab o‘qituvchilaridan Sh.Sapaeva, N.Jabborova, S.Yuldashevalar so‘zga chiqib o‘z fikr muloxazalarini bildiradi. Mazkur darslarda masala va mashqlar bilan ishlashning o‘ziga xos jihati dars davomida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarga asoslanishi fikrlarini bildirdilar. Qatnashuvchilar tomonidan qiziqtirgan savollarga javob berilib, kun tartibida ko‘rilayotgan ushbu masala atroflicha muhokama kilingan