Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



UrDUning yosh olimasi nufuzli tanlovda ishtirok e'tdi.


2020 yilning 17 yanvar kuni Toshkent shahridagi Yoshlar media markazida Uzbekiston xotin-qizlar qo'mitasi "Olima" ayollar uyushmasining "Ilm yulduzlari"  Respublika intellektual ko'rik-tanlovining  V Respublika bosqichi bo'lib o'tdi. Prof.Alisher Vahobov rahbarligida 11 nafar professor olimdan iborat hakamlar hay'ati 13 nafar ishtirokchi olima ayolning ilmiy yutuqlar ko'rgazmasi va 3 ta shart bo'yicha bellashuini  baholab bordi. Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti Kimyoviy texnologiyalar kafedrasidan Bo'ronova Dinara Baxtiyorovna tanlovda faol ishtirok etib, "Eng ko'p tomashabinlar e'tirofiga sazovor bo'lgan olima" nominatsiyasi va ikkinchi darajali diplom bilan taqdirlandi.
Ko'rik-tanlov ishida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir o'rinbosari, xotin-qizlar qo'mitasi raisi, prof. E.E.Bositxonova, akademik T.Aripova, Yoshlar akademiyasi rahbari Firdavs Ne'matzoda hamda O'zbekiston xotin-qizlar "Olima" uyushmasi raisi, prof. R.X.Murtazoyevalar ham ishtirok etdilar. Ko'rik-tanlov g'oliblari UzR Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi "Yoshlar akademiyasi"ga a'zolikka qabul qilindilar.

UrDU matbuot xizmati

Поделиться