Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Og‘abek Sobirov bilan ZOOM dasturi orkali uchrashuv tashkil kilindi


Urganch davlat universiteti San’atshunoslik fakul’teti tomonidan 2020 yil 13 iyul’ soat 18:00 da O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Og‘abek Sobirov bilan ZOOM dasturi orkali uchrashuv tashkil kilindi. Ushbu uchrashuvda San’atshunoslik fakul’teti professor-o‘kituvchilari va talabalari hamda universitet musiqa shinavandalari ishtirok etdilar. Uchrashuv juda kizikarli savol-javoblarga boy bo‘ldi. Ko‘xna va hamisha dillarga xush yoquvchi Xorazm musiqa san’ati, uning o‘tmishi, buguni va kelajagi xaqidagi fikr-mulohazalar bilan kizg‘in tus olgan uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarini kiziktirgan barcha savollarga javob oldilar. Musiqa ta’limi yo‘nalishi kafedra mudiri, dotsent B.Rahimov o‘zining ustoz san’atkorlarimiz tomonidan ijro etilgan va xalqimiz ko‘nglidan munosib joy egallagan mashhur qo‘shiqlarimiz bugungi kunda “popuri” nomi ostida, yangicha yo‘nalishda yoshlarimiz tomonidan ijro etilayotgani va bu borada Og‘abek Sobirovni fikri qanday ekani haqidagi savoli bilan bugungi kundagi zamonaviy Xorazm san’ati haqida ustoz san’atkorimizning fikrlarini ochib berishga yordam berdi. Uchrashuv qiziqarli ma’lumotlarga boy va mazmunli bo‘lib o‘tdi.

Поделиться