Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



“Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etishda samarali va zamonaviy yondashuv” mavzusida respublika ilmiy-maʼrifiy anjumani boʼlib oʼtdi


2020-yil 7-avgust kuni Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xorazm viloyati hamkorligida “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etishda samarali va zamonaviy yondashuv” mavzusida respublika ilmiy-maʼrifiy anjumani boʼlib oʼtdi. Yuz nafar ishtirokchilar qatnashgan ushbu anjuman ZOOM videodasturi orqali Xorazm viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat markazi binosi anjumanlar zalida boʼlib oʼtdi. Anjumanda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari M.Xojimatov – “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani yangi bosqichga koʼtarish masalalari” mavzusida, Maʼnaviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshligʼi I O.Bozorov – “Maʼnaviy ishlarni tashkil etishda samarali va zamonaviy yondashuvlar” , Xorazm viloyati hokimining Jamoat va diniy tashkilotlari bilan aloqalar boʼyicha oʼrinbosari M.Umurzakov – “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʼyicha Xorazm tajribasi” mavzusida, Yangibozor tumani hokimi oʼrinbosari Sh.Bazarboev – “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishda Yangibozor tuman Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi tajribasi” mavzusida, Urganch davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektori, t.f.d. S.Davletov – “Urganch davlat universitetida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning tashkil etilishi” mavzusida, “Maʼrifat” targʼibotchilar jamiyati aʼzosi M.Matyoqubova – “Alla – maʼnaviy qudrat ramzi” mavzusida, “Yuksalish” umummilliy harakati Xorazm viloyat boʼlinmasi rahbari S.Abdikarimova – “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yoʼlga qoʼyilishida jamoat tashkilotlarining oʼrni” mavzusida, Maʼnaviyat-maʼrifat markazi Xorazm viloyati boʼlimi rahbari B.Abdirimov – “Jaloladdin Manguberdi tarixining yangi sahifalarini oʼrganish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyaga tayyorgarlik koʼrish masalalari” mavzusida maʼruzalar qilishdi. Anjuman soʼnggida mavzu yuzasidan muhim xulosa va takliflar muhokama qilindi.

Поделиться