Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan Urganch davlat universiteti huzuridagi ixtisoslashtirilgan maktab tashkil qilindi


Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qo‘llab quvvatlash uchun zarur sharoitlarni yaratish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning ilm fanga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasidagi islohatlarni tizimli amalga oshirish maqsadida, 2020 yil 3 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralash va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910 sonli qarori qabul qilingan edi.
Qarorga asosan, Urganch davlat universiteti huzurida fizika-matematika va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil qilindi.
Maktabning 7-,8-, va 9-sinflariga viloyatimizning barcha tumanlaridan o‘quvchilar qabul qilinadi, o‘quvchilar yotoqxona bilan ta’minlanadi.
Tanlovda ishtirok qilish uchun o‘quvchilardan quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:
- Ixtisoslashtirilagan maktab direktori nomiga ariza;
- Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nus'hasi;
- 3x4 hajmdagi 6 dona fotosurat;
- Psixologik-pedagogik diagnostika daftari asosida o‘quvchining qiziqishlari, o‘quv fanlarini o‘zlashtirish haqida tasdiqlangan tavsiyanoma.

Murojaat uchun telefonlar:
+998-90-557-57-67
+998-62-224-66-32

Manzili: Urganch shahar, 
Hamid Olimjon ko'chasi 4 yй.
Urganch shahridagi  6 - son maktab.

Поделиться