Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



"Xotira va qadrlash kuni" va Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʼalabaning 75 yilligiga bagʼishlab

2020 yil 8 may kuni "Xotira va qadrlash kuni" va Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʼalabaning 75 yilligiga bagʼishlab, Urganch davlat universiteti, Xorazm Maʼmun akademiyasi va Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xorazm viloyati boʼlimi hamkorligida “Hech kim hech qachon unutilmaydi” nomli onlayn ilmiy anjuman oʼtkazildi. Xorazm maʼmun akademiyasi boʼlim rahbari PhD M.Аbdullaev moderatorligida oʼtgan ilmiy anjumanda Urganch davlat universiteti professor-oʼqituvchilari, magistrantlar va talabalar, Xorazm Maʼmun akademiyasi ilmiy xodimlari va Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xorazm viloyati boʼlimining mutaxassislari ishtirok etishdi.
Ilmiy anjmuanni Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor, t.f.d. S.R.Davletov ochib berdi. U oʼz soʼzida oʼzbekistonliklarning, jumladan xorazmliklarning gʼalabaga qoʼshgan hissasi, ota-bobolarimizning qahramonliklarini yoshlarni tarbiyalashdagi oʼrni va urush qatnashchilariga davlatimizning alohida gʼamxoʼrligi haqida gapirdi. Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xorazm viloyati boʼlimi boshligʼi B.M.Аbdirimov viloyatimizda yashayotgan 27 nafar Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisiga Davlatimiz rahbariyati, viloyat hokimligi tomonidan koʼrsatilayotgan eʼtibor haqida toʼxtalib oʼtdi.
Аnjumanda Tarix kafedrasi professor-oʼqituvchilaridan dots. S.Navruzov, katta oʼqituvchilar X.Аrtiqov va U.Xoʼjamuratovlar maʼruza qildilar. Talabalar bir qator savollar berdilar va qoniqarli javoblar oldilar. Ilmiy anjuman qizgʼin bahs-munozalariga boy oʼtdi.

Ulashish: