Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



Giyohvandlik - asr vabosi

2021-yil 5-fevral  kuni Urganch davlat universitetida "Giyohvandlik - asr vabosi" mavzusida tadbir o‘tkazildi. 
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIB Jinoyat qidiruv Bosh boshqarmasi xodimi podpolkovnik S.O.Quramboyev, Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik B.Rajabov, Viloyat ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik H.O.Qurbonov, Viloyat ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi vakili mayor M.U.Sherjonov, Xorazm viloyati OITSga qarshi kurash markazi vrachi A.E.Bekchanov hamda fakultetlar dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirni UrDU Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori S.R.Davletov kirish so‘zi bilan  ochib berib, so‘nggi yillarda insoniyat taraqqiyotning yangi-yangi cho‘qqilarini zabt etayotganini, biroq jahonda xalqlar, millatlar kelajagiga tahdid tug‘diruvchi omillardan biri giyohvandlik balosi ekanligini tilga olib, unga ruju qo‘yish yoshlar hayotiga, shuningdek, u ko‘p davlatlarda terrorizm, qo‘poruvchilik va boshqa bir nechta ishlarning amalga oshishiga sabab bo‘layotganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Giyohvandlik – inson ma’naviyatiga zid bo‘lgan, uning ijtimoiy-ruhiy holatini butkul izdan chiqaradigan g‘oyat xatarli illat, bedavo xastalik. Narkotik moddalarga o‘rganib qolib, ularni iste’mol qilmasdan turolmaslik, giyohvandlikdir.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar yoshlarimizni giyohvandlik balosidan asrash ko‘p jihatdan keng jamoatchilikka, ota-onalarga, maktab, o‘quv yurtlarining murabbiylariga, mahalla oqsoqollariga bog‘liqligini ta’kidladilar.

Tadbirda yoshlarni giyohvandlik va OITS balosidan ogohlikka chorlovchi videorolik namoyish etildi.

Ulashish: