Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



AYOL BILAN OLAM MUNAVVAR

Ayol- tabiatning oliy xilqati, ayol- oilalar tirgagi, hayotimiz ustuni. Ayol-ona, ayol-uy bekasi, ayol-rahbar, ayol-ustoz!

Joriy yilning 5-mart kuni “8-Mart – Xalqaro  xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Filologiya fakultetida “Ayol bilan olam munavvar” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir fakultetning ayol professor-o‘qituvchilari hamda talaba-qizlari uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Ushbu badiiy kechani fakultet dekani D.G`ayipov ochib berib, barcha ayollarni bayram bilan samimiy tabrikladi.

195-o`zbek tili yo`nalishining  talaba yigit-qizlari tomonidan tayyorlangan quvnoq kuy-qo`shiqlar, ibratomuz sahna ko`rinishlari hamda ayollarni ulug‘lovchi she’rlar barchaga bayramona shukuh ulashdi. Tadbir juda qiziqarli va kutilmagan sovg‘alarga boy bo‘ldi. Ayniqsa, tadbir davomida talaba yigitlar tomonidan ayol o`qituvchilarga tarqatilgan gullar o`zgacha bayramona kayfiyat bag`ishladi.

​Tadbir yakunida fakultet professor-o`qituvchilarining bayram tabriklari tinglandi. Shuningdek, tadbirning faol ishtirokchilari faxriy yorliq hamda esdalik sovg`alar bilan taqdirlandi.

Ulashish: