Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI REKTORI MAKTABLARGA TASHRIF BUYURMOQDA

Joriy yilning 23-mart kuni  Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti dekani  J.Ruzimov hamrohligida grafik bo`yicha navbatdagi Gurlan  tumanida joylashgan 2-maktabga hamda Yangibozor tumanida joylashgan 33-maktabga tashrif buyurdi. 

Tashrif chog'ida, maktablarning bitiruvchi o'quvchilari va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda bugungi kunda oliy ta'lim va maktab o'rtasidagi hamkorlik aloqalari,  yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar haqida so'z bordi.

Umumta’lim maktablarining 11-sinfida ta’lim olayotgan hamda matematika va fizika fanlarini chuqur bilgan, ammo ota-onasining biridan ayrilgan ehtiyojmand qizlarni “mahallabay” aniqlash maqsadidagi ushbu tashrifda  qizlarni OTM larga bepul tayyorlash, o‘qishga kirishlariga yordam va imtiyoz berish masalalari muhokama qilindi. Hozirda talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan 50 nafar talaba qizni ya’ni boquvchisini yo‘qotgan  oila farzandlarini to‘lov kontraktlarini bo‘lab berishini  universitet o‘z zimmasiga olishi  universitet rektori tomonidan alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida bitiruvchi o'quvchilar va ota-onalar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar olishdi.

Ulashish: