Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



Talabalikka bagʻishlov qasamyodi oʻqildi


Vatanimiz, tinch va osoyishta kunlarimiz qadr-qimmatini ifoda etuvchi musiqiy kechalar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilayotganligi har bir yurtdoshimiz qalbiga cheksiz g‘urur va iftixor bag‘ishlamoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri bugun, 11-oktabr sanasida Filologiya fakulteti 1-bosqich talabalarining "Talabalikka bag‘ishlov” nomli qasamyodi qabul qilishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy kecha o‘tkazildi.

Universitetimizda tahsil ola boshlagan 1-kurs  talaba-yoshlar hukumatimizning yosh avlodga yaratib berayotgan  imkoniyatlardan foydalanib, test sinovlarining adolatli va haqqoniy o‘tkazilishi natijasida talaba degan  sharafli nomga musharraf bo‘lganliklaridan nechog'lik mamnunligini o'zlarining har bir chiqishlarida namoyon qildilar. Ajoyib sahna ko'rinishlari, go'zal raqslar, talabalikka bag'ishlangan she'rlar tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.  Tadbir so'nggida o'zbek va rus tillarida tilida talabalik qasamyodi o'qildi.

urdu.uz, Talabalikka bag'ishlov qasamyodi o'qildi

urdu.uz, Talabalikka bag'ishlov qasamyodi o'qildi

urdu.uz, Talabalikka bag'ishlov qasamyodi o'qildi

urdu.uz, Talabalikka bag'ishlov qasamyodi o'qildi

Поделиться