Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevning maktablarga tashrifi davom etmoqda


Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev 2022-yil 25-fevral sanasida Tabiiy fanlar fakulteti dekani X.Polvonov hamda Fizika-matematika fakulteti dekani J.Xoʻjamovlar hamrohligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirishga oid  PQ-4805-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Urganch tumanida joylashgan  45-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab internatiga tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida,  maktabning 9-sinf kimyo va 11-sinf  biologiya faniga ixtisoslashgan guruh o‘quvchilari bilan suhbatda boʻldilar. 
Suhbat chogʻida ularning qiziqishlari, maqsadlari haqida soʻrashdi. Shuningdek, bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan taʼlimga eʼtibor, xususan, maktab va oliy taʼlim hamkorligining  yoʻlga qoʻyilganligi va albatta, maktab oʻquvchilarni keng dunyoqarashga ega, bilimli, zukko qilib tarbiyalashda hamda kelajakda oliy taʼlim muassasalari talabasi boʻlishlarida koʻmaklashish, shuningdek, maktab salohiyatini yanada oshirishda universitet jamoasi maktab oʻqituvchilari bilan hamkorlikda ish olib borishlari haqida gapirdilar. Bu boradagi  kelgusi rejalar taʼkidlandi. 

Shundan soʻng, Tabiiy fanlar fakulteti dekani X.Polvonov hamda Fizika-matematika fakulteti dekani J.Xoʻjamovlar maktab oʻquvchilarga kimyo va matematika fanlaridan  qiziqarli master-klass olib bordilar.

urdu.uz, Urganch davlat universiteti rektori  Baxrom Abdullayevning maktablarga tashrifi davom etmoqda

urdu.uz, Urganch davlat universiteti rektori  Baxrom Abdullayevning maktablarga tashrifi davom etmoqda

urdu.uz, Urganch davlat universiteti rektori  Baxrom Abdullayevning maktablarga tashrifi davom etmoqda

Поделиться