Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



“Ilhom” mukofoti respublika tanlovining 2023-yilgi asosiy sovrindori kutib olindi


Avval xabar berganimizdek, “Ilhom” mukofoti respublika tanlovining 2023-yilgi asosiy sovrindori Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti o‘qituvchisi Akbar Otaboyev deb topilib, Toshkent shahridagi “Adiblar xiyoboni”da boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida “Spark” yengil avtomobili kaliti o‘z egasiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov tomonidan topshirildi.

 Joriy yil 24-may kuni Akbar Otaboyevni Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev bilan birgalikda  talabalar oliygohimizda tantanali kutib olib, sovrindorni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklashdi. 

Quvonarlisi, universitetimizning yutuqlari qatoridan joy olgan navbatdagi gʻalaba talaba-yoshlarning mazkur tanlovga, adabiyotga boʻlgan qiziqishlarini yanada ortishiga sabab boʻlmoqda.

urdu.uz, “Ilhom” mukofoti respublika tanlovining 2023-yilgi asosiy sovrindori kutib olindi

urdu.uz, “Ilhom” mukofoti respublika tanlovining 2023-yilgi asosiy sovrindori kutib olindi

urdu.uz, “Ilhom” mukofoti respublika tanlovining 2023-yilgi asosiy sovrindori kutib olindi

Поделиться