Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет

Quyosh panellarini oʻrnatish va amaliy koʻmak berish maqsadida ishchi guruh Urganch davlat universitetida boʻldi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining quyosh panellari Shtabi ishchi guruhi a'zosi, Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti Zoir Kenjayev Xorazm viloyatidagi oliy taʼlim muassasalariga quyosh panellarini o‘rnatish va undan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli amaliy yordam berish maqsadida bugun, 29-may kuni Urganch davlat universitetida boʻldi.

Tashrif asnosida UrDU rektori Baxrom Abdullayev bilan uchrashib, Urganch davlat universitetiga quyosh panellari oʻrnatish rejasini muddatidan oldin bajarish yuzasidan fikr almashildi. 

Shundan soʻng, viloyatdagi oliygohlar masʼullari ishtirokida quyosh panellarini oʻrnatish bo'yicha olib borilayotgan ishlar va galdagi vazifalar yuzasidan seminar tashkil etildi. Quyosh elektr stansiyalarini oʼrnatishning texnik tomonlari tushuntirilib, bu borada qanday koʼrsatkichlarga eʼtibor berish lozimligi seminar qatnashchilariga yetkazildi. 

Shuningdek, ishchi guruh aʼzosi Z.Kenjayev UrDU Texnik foydalanish va xoʻjalik boʻlimi boshligʻi O.Quryazov hamrohligida universitet oʻquv binolarining tom qismiga oʻrnatilgan quyosh panellari holatini koʻzdan kechirib, tegishli tavsiyalar berdi.

Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunga qadar Urganch davlat universitetida 350 kVt quyosh panellari oʻrnatilgan. Bu borada reja asosida jarayonlar davom etmoqda.

urdu.uz, Quyosh panellarini oʻrnatish va amaliy koʻmak berish maqsadida ishchi guruh Urganch davlat universitetida boʻldi

Поделиться