Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет

Urganch davlat universiteti tyutorlari uchun navbatdagi oʻquv seminar tashkil etildi

Bugun, 3-iyun kuni Urganch davlat universiteti tyutorlari uchun universitet birinchi prorektori S.Davletov raisligida doimiy seminar ishining navbatdagi mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. 

Unda barcha fakultetlarning yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovinlari, universitet tyutorlari, Talabalarni turar joy bilan taʼminlash boʻlimi xodimlari, psixolog va profilaktika inspektori ishtirok etdi.  

Seminarda dastlab UrDU Yoshlar masalasalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Davletov “Oliy ta’lim muassasalarida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha ustuvor vazifalar” mavzusiga oid o‘quv-seminarida belgilangan muhim vazifalar xususida soʻz yuritdi. Shundan soʻng, prorektorning “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasida belgilangan drayver kompetensiyalar toʻgʻrisida”gi maʼruzasi tinglandi.

Mashgʻulot davomida universitet profilaktika inspektori D.Sapayev yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha, universitet yoshlar yetakchisi A.Samandarov esa  harbiy xizmatni oʻtagan koʻngilli talabalardan iborat Qalqon guruhini tashkil etish masalalari yuzasidan maʼruza qildilar. Psixolog M.Avezova  psixologik trening o‘tkazdi.

Seminar davomida tyutorlarning vazifalaridan kelib chiqib, turli masalalar muhokama qilinib, tegishli tavsiyalar berildi.

urdu.uz, Urganch davlat universiteti tyutorlari uchun navbatdagi oʻquv semnar tashkil etildi

Поделиться