Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



Fizika-matematika fakultetida ota-onalar kongresi bo‘lib o‘tdi


Bugun, 13-oktabr kuni “Ota-onalar kongresi” Fizika-matematika fakultetida davom etdi. UrDU rektori B.Abdullayev fakultet dekani J.Xoʻjamov bilan birgalikda fakultetning 1-kursga qabul qilingan talabalarining ota-onalari bilan uchrashdi. 
Uchrashuvda oliy ta’limdagi islohotlar, erishilgan yutuqlar, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda olib borilayotgan ishlar, universitet ichki-tartib qoidalari, “Odob-axloq kodeksi”, kredit-modul tizimi haqida soʻz yuritildi.

Shuningdek, talabalarning maʼnaviy-axloqiy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi turli huquqbuzarlik va korrupsion holatlarni oldini olishda ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash lozimligi haqida taʻkidlanib, ota-onalarning ham fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.

FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETIDA OTA-ONALAR KONGRESI BO‘LIB O‘TDI;urdu.uz

FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETIDA OTA-ONALAR KONGRESI BO‘LIB O‘TDI;urdu.uz

FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETIDA OTA-ONALAR KONGRESI BO‘LIB O‘TDI

Поделиться