Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



Urganch davlat universitetida “FUNMAT-2” xalqaro ilmiy-amaliy seminari bo’lib o’tmoqda


Bugun, 28-iyun kuni Fizika-matematika fakulteti Fizika kafedrasi dotsenti K.Yakubov tashabbusi bilan "Quyosh batareyalari uchun samarali shaffoflantiruvchi kompozitsion qoplama yaratish" loyihasi hisobidan  “Energetikada qo’llaniladigan funksional materiallar” (FUNMAT-2) mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar (workshop) tashkil etildi. Unda Qoraqalpoq davlat universiteti , Andijon davlat universiteti hamda Urganch davlat universitetining fizik olimlari, shuningdek, zoom dasturi orqali  Norvegiyaning Energiya texnologiya instituti, Hindistonning Madras universitetidan sohaning yetakchi mutaxassislari ishtirok etmoqda. Dotsent K.Yakubov moderatorligida oʻtkazilayotgan seminarni Fizika kafedrasi mudiri U.Kutliyev kirish so’z bilan ochib berdi.

Tadqiqotchilar va ishlab chiqarish o’rtasidagi hamkorlikni ta’minlash hamda bozor ehtiyoji bilan bog’liq bo’lgan innovatsion tadqiqot faoliyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur seminarda  “Nanomaterial va hajmiy kristallar”, “1-4 quyosh elementlari”, “Fotokataliz” hamda “Nuqsonlar va kirishmalar” mavzularida ma’ruzalar qilinmoqda.

Поделиться