Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



2021 yil uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga (PhD, D.Sc.)quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha QABUL E’LON QILADI


URGANCh DAVLAT UNIVERSITETI2021 yil uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha QABUL E’LON QILADI(ishlab chiqarishdan ajratilgan holda o‘qish uchun)

Ixtisoslik shifri va nomi

2021 yil uchun ajratilgan kvotalar soni

Tayanch doktorantura (PhD)

Doktorantura (D.Sc.)

01.01.02-Differensial tenglamalar va

matematik fizika

2

 

01.02.05-Suyuqlik va gaz mexanikasi

1

 

01.04.04-Fizik elektronika

1

 

01.04.10- Yarimo‘tkazgichlar fizikasi

1

 

01.04.11-Lazer fizikasi

1

 

02.00.01-Noorganik kimyo

1

 

02.00.17-Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari

1

 

05.01. 07-Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui

2

 

06.01.08-O‘simlikshunoslik

2

 

07.00.01-O‘zbekiston tarixi

2

1

08.00.04 –Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti

1

 

08.00.05-Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti

1

 

08.00.06-Ekonometrika va statistika

1

 

08.00.12- Mintaqaviy iqtisodiyot

1

 

08.00.15-Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti

1

 

09.00.04-Ijtimoiy falsafa

1

 

10.00.01- O‘zbek tili

2

 

10.00.02-O‘zbek adabiyoti

2

 

10.00.06.-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik

3

 

11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya

1

 

11.00.06-Geodeziya. Kartografiya

1

1

13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi

1

 

13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)

3

 

19.00.06-Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi

1

 

Oliy o‘quv yurtidan keyinggi ta’lim to‘g‘risidagi  nizomning 3-bob 16-xatboshisiga ko‘ra tayanch doktoranturaga quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:

Magistr darajasiga yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lganlar;

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilish mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lganlar;

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka ikki yildan kam bo‘lmagan ilmiy pedagogik stajga yoki aniq ilmiy yutuqqa (ixtiro patent yoki mualliflik guvoxnomasiga) ega bo‘lgan shaxslar rasmiylashtiriladi.

 

Tayanch doktarantura va doktorantura:

Falsafa doktori (PhD) hamda fan doktori ilmiy darajasi uchun tayanch doktorantura va doktoranturada o‘qish uchun talab qilinadigan hujjatlar:

(ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun)

  • Ariza;
    •        * Ilmiy rahbar yoki maslahatchining rozilik xati;
    •        * qisqacha biografik ma’lumotnoma (ob’ektivka);   
    •        * Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nus’hasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
    •       * Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nus’hasi;
    •       * Tasdiqlangan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nus’halari;
    •       * O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari tegishli hujjat nus’hasini taqdim etadilar.

Tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar.

Mustaqil izlanuvchilik:

(ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qish uchun)

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka talab qilinadigan hujjatlar:

  • Ariza;
    •        * Ilmiy rahbar yoki maslahatchining rozilik xati;
    •        * Qisqacha biografik ma’lumotnoma (ob’ektivka);
    •        * Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nus’hasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
    •        * Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nus’hasi;
    •        * Tasdiqlangan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nus’halari;
    •        * Ish joyidan tavsifnoma.

Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish 2020 yil 30 noyabrgacha bo‘lgan muddatda ixtisoslik bo‘yicha suhbat natijalari va qabul komissiyasining tegishli xulosasiga ko‘ra amalga oshiriladi.

Hujjatlar 2020 yil 15 oktabrgacha qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari joriy yilning 1-25 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

Manzil: Urganch shahri, Hamid Olimjon ko‘chasi 14-uy.

Ma’lumot uchun telefonlar: +998975137623

 

 

Поделиться