Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



“Yuksalish” umummilliy harakati “BMTning 75 yilligi: Kelajakka nazar” mavsusidagi turkum muloqotlar doirasida motivatsion uchrashuvlar davom etmoqda!


Navbatdagi uchrashuv 2020 yil 25 sentyabr kuni  “Sifatli ta’lim va atrof-muhitni muhofaza qilish  masalalari” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati K.Jumaniyozov, TTA Urganch filliali direktori, t.f.d., prof.R.Ro‘ziboev, Urganch davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori, t.f.d., S.Davletovlar spiker sifatida ishtirok etishdi. Jumladan, universitet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori S.Davletov “Yoshlar bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida ma’ruza qilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 23 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik tashabbus va takliflar, bugungi kunda jahon hamjamiyatida inson kapitali hamda innovatsion salohiyatni rivojlantirishda yoshlar imkoniyatlaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish, yoshlar bilan ishlash, ularni huquqlarini himoya qilishda yangicha yondashuvlar masalalari haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Onlayn uchrashuvda Xorazm viloyati yoshlari qatori Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ham ishtirok etishdi.

Поделиться