Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



Xorazm musiqali drama teatrida “O‘zbek tilim - faxrim” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.


Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi viloyat kengashi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi hamda Urganch davlat universiteti hamkorligida 2020 yil 20 oktabr kuni “21-oktabr O‘zbek tili bayram kuni” munosabati bilan Xorazm musiqali drama teatrida “O‘zbek tilim - faxrim” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov ochib berib, bu yil 21 oktabr – “O‘zbek tili bayrami kuni” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy qonuni sifatida ilk bor nishonlanayotgani bilan barchani samimiy tabrikladi.

“Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 yanvardagi qarori bilan barcha davlat organlari, vazirliklar va ularga tenglashtirilgan tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi tashkil qilindi”,- deya ta’kidladi viloyat hokimi F.Ermanov.
Tadbirda Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti talabalari o‘zlarining o‘zbek tilini madh etuvchi she’lari, kuy-qo‘shiqlari bilan faol ishtirok qilishdi.

Поделиться