Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



Kim vatanga sodiq bo‘lsa mendirman o‘sha…


14-yanvar O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari-Vatan himoyachilari kuni hamda  O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligininng 29 yilligi munosabati bilan Urganch davlat universiteti Bioinjeneriya va oshiq-ovqat xavfsizligi fakulteti tashabbusi bilan “Kim vatanga sodiq bo‘lsa mendirman o‘sha” shiori ostida tadbir bo`lib o`tdi. Tantanali tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xorazm akademik litseyi direktori podpolkovnik Masharipov Ro`ziboy Raximovich, Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlar qo‘mondonligiga qarashli harbiy qism ofiserlari va harbiy xizmatchilari tashrif buyurishdi. 

Tadbirni UrDU Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor S.Davletov ochib berib, bugun milliy armiyamiz o‘sib kelayotgan yosh avlod va harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning faol hayotiy pozitsiyasini mustahkamlash, mamlakat kelajagi uchun fuqarolik mas’uliyati hissini oshirishga xizmat qiluvchi yetakchi sohaga aylanganligini alohida ta`kidlab, barcha tadbir ishtirokchilarini yaqinlashib kelayotgan 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi. Shundan so`ng,  O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Xorazm akademik litseyi kursantlari hamda universitet talabalari tomonidan tayyorlangan chiqishlar namoyish etilib,  bu esa yig`ilganlarga bayramona kayfiyat  ulashibgina qolmay, ular qalbida milliy g`urur va vatanga muhabbat hissini yanada oshirishga xizmat qildi.

Kim vatanga sodiq bo‘lsa mendirman o‘sha…

Tadbir so`nggida Urganch davlat universiteti bilan doimiy hamkorligi uchunO‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xorazm akademik litseyi direktori podpolkovnik Masharipov Ro`ziboy Raximovichga universitet rektorining tashakkurnomasi topshirildi.

Kim vatanga sodiq bo‘lsa mendirman o‘sha…

Поделиться