Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalqqa Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini o'rganish bo'yicha targ'ibotchilar uchun o'quv seminar bo'lib o'tdi


Urganch Davlat Universiteti rektori B.Abdullayev

2021 yilning 15-25 yanvar kunlari respublikamizning barcha hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan 2021 yil 13-14 yanvar kuni Urganch davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini o‘rganish bo‘yicha targ‘ibotchilar uchun o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.Ushbu seminarda Toshkent shahridagi OTMlardan tashrif buyurgan Respublika ishchi guruhi a’zolari ishtirok etdi.
Seminar-treningni ochilishida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori S.Boboxo‘jayev, Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev hamda UrDU Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori S.Davletovlar kirish so‘zi qilib, ushbu targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishdan maqsad keng aholi vakillari, ayniqsa, yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini yetkazish, ularning daxldorlik xissasi bilash yashash orqali faol fuqarolik pozitsiyasini yanada mustahkamlashga yo‘naltirilganigiga alohida urg‘u berishdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalqqa Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini o'rganish bo'yicha targ'ibotchilar uchun o'quv seminar bo'lib o'tdi, Urganch Davlat Universiteti rektori B.AbdullayevO‘quv seminar davomida dos. B.Boboyorov, prof.B.Omonov, J.Jalolov, A.Sanaqulov, prof.D.Bobojonovalar tomonidan "Murojaatnomada davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishdagi yangi vazifalar", "Sud-huquq tizimini isloh etish va qonuniylikni mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari", "Iqtisodiyotda bozor mexanizmlarini joriy etish – uzoq muddatli barqaror o‘sishning poydevori", "Murojaatnomada ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar hamda "Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar", "Vatanparvarlik ‒ insoniylikning oliy timsoli" kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi. Kunning ikkinchi yarmida targ‘ibot guruhlari kesimida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘ulotlari yakunlanishi bilan targ‘ibot guruhi a’zolariga tegishli mavzular bo‘yicha tarqatma materiallar, taqdimotlar, tadbirlar ssenariysi bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berildi.

Urganch Davlat Universiteti rektori B.Abdullayev

Поделиться