Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



“Jismoniy tarbiya va sportni ommaviyligini oshirishning dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani


 

Bugun, 26-may kuni Urganch davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti tashabbusi bilan “Jismoniy tarbiya va sportni ommaviyligini oshirishning dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘z ishini boshladi.

Mazkur anjuman jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning pedagogik asoslarini takomillashtirish, chuqur bilimli, jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk – barkamol avlod tarbiyasi yo‘lida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, yoshlar orasida jismoniy madaniyatni yanada rivojlantirish, targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish, yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy shug‘ullanishlarida faolligini oshirish va sportda yuqori natijalarga erishishning dolzarb masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, anjumanda erishilgan soha yangiliklarini ilm-fanga va o‘quv jarayoniga tadbiq etish asosiy maqsad hisoblanadi.

Konferensiyada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professori, p.f.d. Fikrat Kerimov,  O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti dotsenti Goncharova Olga Viktorovna, Samarqand davlat universiteti katta o‘qituvchisi Mirzoulug‘bek Yusupov mehmon boʻlmoqda. Shuningdek, respublikamizning qator oliy ta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchilar o‘zlarining ilmiy-maqola va ma’ruzalari bilan qatnashmoqdalar.

Qolaversa, oʻnlab xorijiy davlatlarning oliy taʼlim muassasalaridan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislar o‘zlarining ilmiy-maqola va ma’ruzalari bilan qatnashmoqdalar.

Anjuman avvalida, Jismoniy madaniyat fakulteti sportchi talabalarining koʻrgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Soʼngra, universitet Madananiyat saroyida yalpi yigʼilishlar boʻlib oʻtdi. Unda UrDU Jismoniy madaniyat fakulteti professor-o‘qituvchilari va mamkalatimiz oliy taʼlim muassasalaridan tashrif buyurgan olimlarning maʼruzalari tinglandi.  Ayni paytda anjuman oʻz ishini shoʻbalarga boʻlingan holda davom ettirmoqda. 

“Jismoniy tarbiya va sportni ommaviyligini oshirishning dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani;urdu.uz

“Jismoniy tarbiya va sportni ommaviyligini oshirishning dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani;urdu.uz

“Jismoniy tarbiya va sportni ommaviyligini oshirishning dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani;urdu.uz

“Jismoniy tarbiya va sportni ommaviyligini oshirishning dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani;urdu.uz

Поделиться