Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Резервный кандидат

  • Зеленый
    университет



#Ilmiy-amaliy konferensiya


TDIU huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda Urganch davlat universitetida 2020 yil 20-noyabr kuni « Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda investitsiyalarning roli» mavzusida respublika onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu konferensiyada respublikaning bir qator oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Jumladan, TDIU huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ITM bo‘lim boshlig‘i prof. A.M.Qodirov “Mintaqaviy boshqarishni nomarkazlashtirish sharoitida iqtisodiy siyosatni shakllantirish yo‘llari”, O‘zMU prof F.T.Egamberdiyev “Mintaqaviy rivojlanishni davlat tomonidan tartibga solishning xorij tajribasi”, UrDU Iqtisodiyot kafedrasi professori prof. B.Ruzmetov “Faol mintaqaviy investitsiya siyosati hudud iqtisodiyotini kompleks rivojlantirish manbai”, prof. T.D. Doschanov “Mintaqa inson salohiyatini kapitallashtirishda ijtimoiy kapitalining o‘rni va ahamiyati”, Turizm va iqtisodiyot fakulteti dekani i.f.d. I.S. Abdullayev “Mintakani ijtimoiy iktisodiy rivojlantirishda investitsiyalar axamiyati” kabi mavzularda so‘zga chiqdilar.
Shuningdek, konferensiya davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, tegishli savollar javoblar olindi. Konferensiya ZOOM dasturi orqali o‘tkazildi.

Поделиться